Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» sovuq ob-havo qachongacha cho‘zilishi mumkinligini aytdi

«O‘zgidromet» sovuq ob-havo qachongacha cho‘zilishi mumkinligini aytdi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo  ma’lumotini e’lon qildi. Unda aytilishicha, sovuq ob-havo hafta oxirigacha saqlanib qoladi. 

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi.

Havo harorati kunduzi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq, shimolda 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.

Ertaga faqat respublikaning sharqiy hududlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kechasi va kunning birinchi yarmida qor yog‘adi. Havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, respublikaning shimoliy hududlarida kechasi 13-15 daraja sovuq, ba’zi joylarda 20 daraja sovuqgacha, kunduzi 4-9 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

So‘ng ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning janubi-sharqiy hududlarida, asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 7-8-dekabr kunlari ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqni, ba’zi joylarda 10 daraja sovuqgachani, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqni, respublikaning shimoliy hududlarida kechasi 8-13 daraja sovuqni, ba’zi joylarda 15-20 daraja sovuqgachani, kunduz kunlari 2-7 daraja sovuqni tashkil etadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi, yo‘llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring