Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» yaqin kunlarda ob-havo o‘zgarishi mumkinligini e’lon qildi

«O‘zgidromet» yaqin kunlarda ob-havo o‘zgarishi mumkinligini e’lon qildi

Foto:Hydromet.uz

«O‘zgidromet» 19-aprel kuniga qadar kutilayotgan ob-havo prognoz ma’lumotlarini taqdim etdi.

16-17-aprel kunlari Markaziy Osiyo markazida havo haroratining qizishi atmosfera bosimini pasaytiradi. Bu g‘arbdan yuqori bosimli antitsiklon sohasini «tortish» uchun yetarli bo‘ladi.

Hozirgi kirib kelishi kutilayotgan antitsiklon sohasi biroz sovuq soha bo‘lib, o‘zi bilan haroratni pasaytiruvchi va osmonda bulutlar hosil qilish uchun yetarli nam havo oqimlarini ham ergashtirib keladi, deya yozadi UzbMeteo kanali.

Xususan, nam havo oqimlaridan 15-16 aprel kunlari shimoliy hududlar, 17-18 aprel kunlari markaziy va janubiy hududlar, 19 aprel kuni sharqiy viloyatlarda biroz va o‘rta miqdorda yog‘ingarchiliklar kutiladi. Yog‘inlar chaqmoq-momaqadiroqli xususiyatga ega va ayrim hududlarda qisqa muddatli jala yog‘inlar kuzatilishi mumkin.

Joylarga havo oqimlari kirib kelishida kuchli shamollar kuzatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring