Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» ob-havo bo‘yicha shoshilinch axborot e’lon qildi

«O‘zgidromet» ob-havo bo‘yicha shoshilinch axborot e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati shoshilinch axborot bilan chiqdi.

Joriy yilning 8-11-aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin, jumladan:

8-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikaning cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin;

9-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax viloyatlarida va respublikaning cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi;

10-aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi;

11-aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring