«O‘zgidromet» kuchli jaziramadan ogohlantirmoqda

«O‘zgidromet» 7-9-iyunda respublikaning ko‘plab viloyatlarida jazirama issiq bo‘lishini prognoz qildi.
«O‘zgidromet»ning 6-9 iyun kunlari uchun ishlab chiqqan ma’lumotiga ko‘ra, 7-8 iyun kunlari Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyati hududlarida havo harorati maksimumlari +41 darajaga, 8-9 iyun kunlari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida kunduzi harorat +42 darajagacha ko‘tariladi.
Ushbu mavsum uchun dastlabki eng issiq havo massasi 7-9 iyun kunlari boshqa viloyatlarda +40 darajadan past harorat maksimumlarini taqdim etishi kutilmoqda.
OAVlarda 7-10 iyun kunlari Turkmanistonda ham kunlar keskin isishi bo‘yicha xabarlar tarqatilgan. Shunga ko‘ra, issiq havo Eron orqali Turkmaniston kirib kelishini taxmin qilish mumkin.
«O‘zgidromet»ning iyun oyidagi ob-havo prognozi bilan ushbu linkda tanishish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter