Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» ko‘pchilik kutayotgan xabarni taqdim etdi

«O‘zgidromet» ko‘pchilik kutayotgan xabarni taqdim etdi

Foto: Xabar.uz

Oy oxiriga borib respublika aholisi joylarda havo haroratining sezilarli darajada ko‘tarilishiga guvoh bo‘ladi.

«O‘zgidromet» prognozlariga ko‘ra, 30-yanvardan tunlari ham havo haroratining yuqori ko‘tarilishi kutiladi. Respublikaning shimol va tog‘li hududlaridan tashqari katta qismlarida havo harorati kechalari -0 -5 daraja sovuqqa o‘zgaradi.

30-yanvar kunduzi Qashqadaryo viloyatida +12 daraja, Surxondaryoda +13 daraja iliq harorat kutiladi. Ushbu kun vodiy viloyatlarida ham +7 darajali iliq harorat kutilmasi mavjud.

Kelayotgan besh kunlikda joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Avvalroq, biroz sovuq harorat ish haftasi oxirigacha saqlanishi aytilgandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring