«O‘zgidromet» jazirama qachon tugashi mumkinligini ma’lum qildi
Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun kun davomida hududning katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimolida, kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Kunduzi havo harorati 34-39° atrofida, janubda ba’zi joylarda 40-42° gacha bo‘ladi.
11-iyunda O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan biroz nam va nisbatan salqin havo kirib keladi.
11-iyunda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 11-12 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
13-iyunda faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
10-12-iyunda respublikaning ayrim joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 10-14-iyunda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.
Kunduzi havo harorati asta-sekin pasayadi va 12 iyunga kelib 31-33° ni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter