«O‘zgidromet» direktori shoshilinch xabar bilan chiqdi
«O‘zgidromet» direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja o‘z sahifasida shoshilinch axborot bilan chiqdi.
Joriy yilning 18-20-avgust kunlari O‘zbekiston hududlariga Ural hududlaridan salqin havo kirib keladi.
18-20-avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda, jumladan:
18-avgustda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;
19-20-avgustda Buxoro, Navoiy,Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida shamol kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin.
19-20-avgustda kunduzgi havo harorati 27-32 darajagacha pasayadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter