«O‘zgidromet» bahorning birinchi haftasida qanday ob-havo kutilayotganini e’lon qildi
Respublika Gidrometeorologiya markazi bahorning ilk haftasida qanday ob-havo kutilayotgani bo‘yicha ma’lumot berdi.
Bugun, bahor faslining birinchi kunida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 13-18° iliq bo‘ladi, bu me’yordan 2-4° ga yuqoridir.
Ertaga respublika hududlari bo‘yicha kun davomida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Buning hisobiga havo harorati kunduz kunlari biroz pasayadi va 10-15° iliqni tashkil etadi, ammo ob-havo hali ham yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi saqlanib turadi.
3-martda respublika hududlariga Eron hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, ko‘pchilik viloyatlarda biroz yomg‘ir yog‘adi, faqat Buxoro va Navoiy viloyatlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi va Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab 3-martda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kuzatiladi.
4-5-martda O‘zbekiston hududiga yana nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, buning natijasida barcha joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘li hududlarda 4-martdan 5-martga o‘tar kechasi ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. 5 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Havo harorati 3-5-martda kechasi 0-5° iliq, kunduz kuni 10-15° iliq atrofida bo‘ladi, 5 martda 8-11° iliqgacha biroz pasayadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter