Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zboshimchalik bilan qurilgan turarjoylar: fuqarolarning murojaatlari o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi shart

O‘zboshimchalik bilan qurilgan turarjoylar: fuqarolarning murojaatlari o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi shart

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Davlat xizmatlari agentligida 10-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Agentlik mas’ul xodimlari hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan respublika komissiyasi a’zolarining vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Agentlikning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi, «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, yig‘ilishda mamlakatimiz rahbarining 2018-yil 20-apreldagi «Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turarjoylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan qurilgan turarjoylarga nisbatan mulk huquqini olish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash, vakolatli organlar o‘rtasida o‘zaro elektron hamkorlik tizimini yanada yaxshilash, o‘tkazilayotgan umumdavlat aksiyasi to‘g‘risida aholiga keng tushuntirish ishlarini olib borish hamda joylardagi komissiyaning faoliyatini doimiy ravishda nazorat qilib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, mazkur aksiyani o‘tkazishga mas’ul vakolatli idoralarga aksiya doirasida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan taqdirda ularning mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanishi haqida eslatib o‘tildi.

Muhokama yakunlari bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan boshqa vazifa va topshiriqlar belgilab olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring