O‘zbeklar «yig‘lab kulishga» juda usta — tadqiqot

«Kulaverib ko‘zimdan yosh chiqib ketdi» degan ma’noni beruvchi emoji O‘zbekistonda eng ko‘p foydalaniladigan smaylik turiga kiritilgan.
Crossword-Solver dunyoning 75 ta mamlakatida ishlatiladigan emojilarni o‘rganib chiqqan. Unga ko‘ra, O‘zbekistondan tashqari, Qirg‘iziston, Eron, Ozarbayjon, Iroq, Turkiya va Yaman aholisi ijtimoiy tarmoqlarda «ko‘p kuladi».
Qozog‘iston, Afg‘oniston, BAA, Ummon, Iordaniya, Isroil, Livan va Suriyadagi foydalanuvchilar esa pushti rangli yurakchadan ko‘p foydalanishadi. Turkmaniston va Tojikiston o‘z milliy bayroqlari aks etgan emojilarni ko‘p ishlatishi ma’lum bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas