Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning yangi senatorlari saylandi (ro‘yxat)

O‘zbekistonning yangi senatorlari saylandi (ro‘yxat)

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida Oliy Majlis Senati a’zolarini saylash jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridan senator bo‘lganlar:

  1. Jahongir Ortiqxo‘jayev, Toshkent shahar hokimi;
  2. Tanzila Norboyeva, 25-Sebzor saylov okrugidan deputat, avvalgi chaqiriqdagi Senat raisi;
  3. Rustam Kalonov, «Nuroniy» jamg‘armasining Toshkent shahar Kengashi raisi;
  4. Azamat Ziyo, O‘zFA Tarix instituti direktori;
  5. Shomansur Sa’dullayev, O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori;
  6. Dilorom Toshmuhammedova, «Oila» ilmiy-amaliy markazi direktori.

Buxoro viloyatidan senator bo‘lganlar:

  1. O‘ktam Barnoyev, Buxoro viloyati hokimi;
  2. Abera Huseynova, respublika «Oila» ilmiy- amaliy tadqiqot markazining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i;
  3. Nurmuhammad Achilov, Olot tumanidagi «Parvoz Humo Ravnaq Trans» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi;
  4. Erkin Gadoyev, respublika Moliya vazirligi departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari;
  5. Murtazo Rahmatov, «Buxoro Kotton Tekstil Klaster» paxta-to‘qimachilik klasteri ta’sischisi;
  6. Shuhrat Cho‘lliyev, Olot tuman kengashi deputati, muqaddam Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Jizzax viloyatidan senator bo‘lganlar:

  1. Ergash Soliyev, viloyat hokimi;
  2. Xolida Alimova, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi bosh shifokori;
  3. Nazira Muxtorova, viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
  4. Nusratullo Pardayev, kasaba uyushmalari viloyat kengashi raisi;
  5. Risqul Siddiqov, Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutining G‘allaorol ilmiy tajriba stansiyasi direktori;
  6. Sanobar Suyarova, xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli «Umid» maktab internati direktori.

Surxondaryo viloyatidan senator bo‘lganlar:

  1. To‘ra Bobolov, Surxondaryo viloyati hokimi;
  2. Baxtigul Bo‘tayeva, Qiziriq tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori;
  3. Bahodir Qodirov, «Surxon sanoat qurilish» kompaniyasi boshqaruvi raisi;
  4. Abdug‘ani Sanginov, «O‘zbekgidroenergiya» AJ boshqaruvi raisi;
  5. Arziqul Soatov, FO‘O‘BOFMB Surxondaryo viloyati kengashi raisining keksalar va faxriylar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari;
  6. Abduqodir Toshqulov, Termiz davlat universiteti rektori.

Andijon viloyatidan senator bo‘lganlar:

  1. Shuhratbek Abdurahmonov, Andijon viloyati hokimi;
  2. Ravshanbek Alimov, Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i;
  3. Matluba G‘aniyeva, Andijon tumani «Orol» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi;
  4. Odiljon Iminov, avvalgi chaqiriqdagi Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari;
  5. Tolibjon Madumarov, avvalgi chaqiriqdagi Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari;
  6. Akrom G‘aniyev, «Nil-granit» MChJ ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

Farg‘ona viloyatidan senator bo‘lganlar:

  1. Shuhrat G‘aniyev, Farg‘ona viloyati hokimi;
  2. Lola Murotova, «Nurli Obod» fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston Qahramoni;
  3. Robaxon Mahmudova, Prezidentning Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri;
  4. Ibrohimjon Sultonov, «Ibrohimjon gilamlari» xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari;
  5. Topvoldi Xoldorov, «Nuroniy» jamg‘armasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi;
  6. Enaxon Siddiqova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi.

Sirdaryo viloyatidan senator bo‘lganlar:

  1. G‘ofurjon Mirzayev, Sirdaryo viloyati hokimi;
  2. Hayitxon Ortiqboyeva, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi mas’ul rahbari;
  3. Ulug‘bek Sotiboldiyev, «BEK Cluster» mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi bosh direktori;
  4. Anvar To‘ychiyev, Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari;
  5. Farhod Boqiyev, Sirdaryo viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar hududiy boshqarmasi boshlig‘i;
  6. Dilfuza O‘rolova, Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.

Samarqand viloyatidan senator bo‘lganlar:

  1. Erkinjon Turdimov, Samarqand viloyati hokimi;
  2. Rustam Xolmurodov, Samarqand davlat universiteti rektori;
  3. Gavhar Alimova, viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
  4. Hasan Normurodov, «Nuroniy» jamg‘armasi Samarqand viloyat bo‘limi raisi, O‘zbekiston Qahramoni;
  5. Farmon Toshev, «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri;
  6. Shavkat Jalolov, «Agromir Group» direktorlar assotsiatsiyasi Kengashi raisi.

Navoiy viloyatidan senator bo‘lganlar:

  1. Qobil Tursunov, Navoiy viloyat hokimi;
  2. Jamshid Xo‘jayev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi;
  3. Ziba To‘lekova, Tomdi tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
  4. Bahodir Sharipov, «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi;
  5. Dilbar Orziyeva, Navoiy shahar «Mehribonlik uyi» direktori;
  6. Ulug‘bek Fayziyev, «Zarafshon Golden Group» MChJ ta’sischisi.

Namangan viloyatidan senator bo‘lganlar:

  1. Xayrullo Bozorov, Namangan viloyati hokimi;
  2. Nosirbek Abdullaxonov, Namangan shahridagi «Anamed» diagnostika markazi rahbari;
  3. Dobrix Anna, «Iftixor kiyim sanoat» MChJ rahbari;
  4. Ikromxon Najmiddinov, «Nuroniy» jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi;
  5. Mahmudjon Parpiyev, «Namangan haqiqati» viloyat gazetasi bosh muharriri;
  6. Baxtiyor Umarov, «Istiqlol tekstil dizayn» MChJ direktori.

Xorazm viloyatidan senator bo‘lganlar:

  1. Farxod Ermanov, Xorazm viloyati hokimi;
  2. Gavhar Durdiyeva, Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari;
  3. Ravshanbek Qurbonov, Respublika kardiologiya markazi direktori;
  4. Farog‘at Sa’dullayeva, «Urganch milliy tikuvchilik» oilaviy korxonasi rahbari;
  5. Bahodir Tajiyev, avvalgi chaqiriqdagi Senatning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya qo‘mitasi raisi;
  6. Umarbek Sharipov, «Tillo domor» xususiy korxonasi rahbari.

Qashqadaryo viloyatidan senator bo‘lganlar:

  1. Zoyir Mirzayev, Qashqadaryo viloyati hokimi;
  2. Abdurahim Irkayev, Qarshi davlat universiteti milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi dotsenti;
  3. Shermat Shamsiyev, «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJ direktori;
  4. Ilhom Qurbonov, «Amu-Qashqadaryo» ITXB boshlig‘i;
  5. Xurshid Fozilov, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Qarshi filiali direktori;
  6. Feruza Eshmatova, avvalgi chaqiriqdagi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo masalalari Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan senator bo‘lganlar:

  1. Muso Yerniyazov — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi;
  2. Guliston Annaqilicheva — «Qoraqalpog‘iston adabiyoti» gazetasi bosh muharriri;
  3. Oral Ataniyazova — Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali direktori;
  4. Abad Daniyarov — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi;
  5. Botir Matmuratov — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qo‘mita raisi;
  6. Sharof Usnatdinov — «Nuroniy» jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi rahbari.

Yana 16 nafar senator prezident farmoni bilan tayinlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring