O‘zbekistonning to‘rtta shahrida «yashil belbog‘» barpo etiladi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan farmoyish asosida 2020-2021-yillarda Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida jami o‘ttiz kilometr masofada «yashil belbog‘» barpo etiladi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.
Bu orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida aholining yashash sharoitini yaxshilash, ekologik holatni sog‘lomlashtirish va mazkur hududlarni shamol ta’siridan himoyalash maqsad qilingan.
Qolaversa, «yashil belbog‘» kelgusida Buxoro, Nukus, Xiva va Urganchni tuproq erroziyasidan saqlash, qum ko‘chkilarining oldini olish va mintaqada mo‘’tadil mikroiqlim sharoitini yaratishga xizmat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter