O‘zbekistonning qaysi hududida erkak o‘qituvchilar ko‘pligi aytildi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilida respublika bo‘yicha umumta’lim muassasalarida ta’lim berayotgan pedagoglar soni (o‘rindoshlarsiz) 521,6 ming nafarni tashkil etgan.
Shundan, 159,9 ming nafari yoki jamiga nisbatan 30,7 foizini erkak pedagoglar tashkil etgan.
Erkak o‘qituvchilar soni bo‘yicha Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari yetakchilik qilmoqda.
Hududlar kesimida umumta’lim muassasalarida ta’lim berayotgan erkak pedagoglar soni:
— Qoraqalpog‘iston R. – 9,9 ming nafar
— Andijon viloyati – 10,4 ming nafar
— Buxoro viloyati – 7 ming nafar
— Jizzax viloyati – 11 ming nafar
— Qashqadaryo viloyati – 22,9 ming nafar
— Navoiy viloyati – 5,3 ming nafar
— Namangan viloyati – 11 ming nafar
— Samarqand viloyati – 23,1 ming nafar
— Surxondaryo viloyati – 19,7 ming nafar
— Sirdaryo viloyati – 4,8 ming nafar
— Toshkent viloyati – 9,8 ming nafar
— Farg‘ona viloyati – 13,3 ming nafar
— Xorazm viloyati – 7,9 ming nafar
— Toshkent shahri – 3,8 ming nafar
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter