Bugun O‘zbekistonning birinchi xonimi o‘z tug‘ilgan kunini nishonladi
Bugun, 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining rafiqasi Ziroatxon Hoshimova o‘z tug‘ilgan kunini nishonladi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarining o‘rinbosari, prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva o‘zining rasmiy ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida onasining suratini joylab, «Ilohim, baxtimizga sog‘ bo‘ling! Siz – bizning baxtimizsiz!» deya tabrikladi.
Ushbu tabrikka prezidentning kencha kuyovi Otabek Umarov ham qo‘shildi.
E’tiborlisi, Ziroatxon Hoshimova 2016-yilning aynan 4-dekabridan O‘zbekistonning birinchi xonimi hisoblanadi. Ushbu sanada bo‘lib o‘tgan saylov natijasiga ko‘ra Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining prezidenti etib saylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter