Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Aqtau shahridagi konsulligiga rahbar tayinlandi

O‘zbekistonning Aqtau shahridagi konsulligiga rahbar tayinlandi

Aqtau shahri.

Foto: Stan.kz

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining buyrug‘i bilan, Atabek Tursinbekov O‘zbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi (Qozog‘iston Respublikasi) Bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili xabar berdi. 

A.Tursinbekov 1987-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan.

2009-2017-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasi birinchi kotibi sifatida ishlagan.
Oilali. Ikki farzandning otasi.

Aqtau shahridagi Bosh konsulxonaning konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mang‘istau viloyatlari kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring