Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar Rossiyada 15 kungacha ro‘yxatdan o‘tmay yurishlari mumkin

O‘zbekistonliklar Rossiyada 15 kungacha ro‘yxatdan o‘tmay yurishlari mumkin
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasida ikki davlat fuqarolari o‘zaro mamlakatlar hududiga kirgan kundan boshlab 15 kun ichida ro‘yxatdan o‘tish zaruratidan ozod etilishi ko‘zda tutilmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuv 21-may kuni Moskvada va 17 iyun kuni Toshkentda imzolangan.
 
Ta’kidlash joizki, avvalroq Rossiya tomoni mamlakatga kirish taqiqi qo‘yilgan 150 ming o‘zbekistonlikka cheklovni bekor qilgandi. 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring