O‘zbekistonliklarning xorijliklar bilan turmush qurishi soni kamaydi
O‘zbekistonda joriy yil birinchi yarmida xorijiy mamlakatlarda doimiy yashovchi fuqarolar bilan 1,4 mingga yaqin nikoh ro‘yxatga olindi.
Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Joriy yil yanvar-iyun oylari davomida O‘zbekistonda 108 918 ta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, ular 1362 tasi xorijiy mamlakatlarda doimiy yashovchi fuqarolar bilan tuzilgan nikohlardir.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 326 taga kamaygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter