Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik vatandosh jahon rekordini o‘rnatdi

O‘zbekistonlik vatandosh jahon rekordini o‘rnatdi

Foto: Xabar.uz

Xabaringiz bor, nashrimizda o‘tgan yilning sentyabr oyida Livandagi «Universal Homes LTD» kompaniyasi rahbari, vatandoshimiz Xaydar Bagirov haqida maqola e’lon qilingan.

Yaqinda ushbu hamyurtimiz o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samarqand viloyatida dunyodagi eng uzun favvora bunyod etilishga rahbarlik qildi. Uning qayd etishicha, favvora 225 metrni tashkil etadi. Favvora Samarqand shahrining Daxbed ko‘chasida joylashgan.

Jahon rekordi o‘rnatilganligi bo‘yicha xabar worldrecordsunion.com portaliga ham joylashtirilgan.

Xabar.uz nashri mamlakatimizning jahon miqyosida obro‘sini ko‘tarishda ishtirok etayotgan Xaydar Bagirov va shu kabi boshqa vatandoshlarimiz faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring