Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik marshrutka haydovchisi kaltaklab o‘ldirilgani aks etgan video internetda paydo bo‘ldi (video)

O‘zbekistonlik marshrutka haydovchisi kaltaklab o‘ldirilgani aks etgan video internetda paydo bo‘ldi (video)

Foto: Komsomolskaya pravda

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yo‘nalishli taksi haydovchisi yo‘lovchi bilan mushlashuv oqibatida halok bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, 21-fevral, chorshanba kuni kechki payt Lenin shoh ko‘chasidagi 73-uydan yo‘nalishli taksi haydovchisi — 1968-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi kasalxonaga olib ketilgan. Guvohning so‘zlariga ko‘ra, u yo‘lovchi bilan mushtlashuvga aylangan janjal oqibatida qattiq kaltaklangan.

22 fevral kuni ertalab erkak kasalxonada vafot etgan. «Jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan, salomatlikka qasddan og‘ir zarar yetkazish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovchilar gumonlanuvchini qidirmoqda.

Ushbu voqeada muqaddam sudlangan 19 yoshli yigit ayblanmoqda. Guvohlarning aytishicha, ular o‘rtasidagi mushtlashuvni hech kim to‘xtatmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring