O‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonda 500 millionlik qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab qo‘lga tushdi
Nursulton shahrida kvartiradan qariyb 20 million tenge (500 mln. so‘mdan ko‘proq) qiymatidagi qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab ketgan o‘zbekistonlik 28 yoshli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.
Qozog‘iston IIV matbuot xizmati xabar berishicha, bu ayol uy egasining taklifiga ko‘ra bir necha marta uning kvartirasida bo‘lgan. Erkakning ishonchiga kirib olganidan so‘ng, navbatdagi tashriflarining birida qariyb 20 million tengelik buyumlarni o‘g‘irlab ketgan.
O‘g‘irlangan narsalar orasida qimmatbaho shveysar qo‘l soatlari, tilla taqinchoqlar, brend kiyimlar va boshqa ashyoviy dalillar bor.
Ayol aybiga iqror bo‘lgan, ayni paytda vaqtincha ushlab turish izolyatoriga o‘tkazilgan. Qozog‘iston Respublikasi JK 188-moddasi bo‘yicha sudgacha bo‘lgan surishtiruv olib borilmoqda. Politsiya shaharda sodir etilgan shunga o‘xshash jinoyatlarga ham uning daxldorligini aniqlamoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter