O‘zbekistonga «tilla avtomat» olib kirmoqchi bo‘lishdi
Yekaterinburg bojxonachilari Toshkentga uchayotgan rossiyalikning yuklari orasida tilla suvi yugurtirilgan avtomat borligini aniqlashdi. Topilma ekspertizaga topshirilgan.
Federal bojxona matbuot xizmati xabar berishicha, rossiyalik erkak 7,62 millimetr kalibrli «AK-74M» (Kalashnikov avtomati)ni sovg‘a keysida «yashil» koridor orqali olib o‘tishga uringan.
Aniqlanishicha, qurol 1974-yilda tayyorlangan. Qurolning stvoli va stvol qutisi, nishon moslamasi va magazini (o‘qdoni) tilla suvi yugurtirib, hoshiyalangan, shuningdek, unda qimmatbaho yog‘och navlari ishlatilgan. Bu kabi sovg‘alarning bozor narxi 500 ming rubl atrofida, deyiladi xabarda.
Ushlangan erkak bu qurol ishlatishga yaroqsizligini, zlatoustlik ustalar qo‘lidan chiqqan bu sovg‘ani eski do‘stiga olib ketayotganini ma’lum qilgan.
Avtomatni jangovar holatga qaytarib bo‘ladimi-yo‘qmi — ekspertlar ayni paytda shuni o‘rganishmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter