O‘zbekistondagi barcha hokimlar ta’tilga chiqdi
O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi viloyat hokimlari, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi va shahar, tuman hokimlari davolanish ta’tiliga chiqdi. Bu haqdagi ma’lumotni «Daryo» nashri yozmoqda.
Hokimlar ayni paytda Prezident administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi tasarrufidagi 1- va 2-sonli markaziy klinik shifoxonalarida davolanmoqda, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, hokimlarning davolanish ta’tili 2024-yilning 2-yanvaridan 9-yanvariga qadar, bir hafta davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev ham 2023-yilning dekabr oyida mehnat ta’tiliga chiqqan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter