Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yaqin orada kuchli sovuq kutilmoqdami? Prognoz

O‘zbekistonda yaqin orada kuchli sovuq kutilmoqdami? Prognoz

Foto: Xabar.uz

8-9-aprel kunlari respublikaning juda katta qismida quruq va issiq havo kutiladi. Respublika Gidrometeorologiya xizmati bu haqda ma’lumot berdi. 

10-aprel kuni esa respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Respublika shimolida havo o‘zgarib turadi, 8-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-10-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 8-9-aprelda 23-28°, 10 aprelda 18-23°bo‘ladi.

8-9-aprel kunlari voha va janubiy viloyatlarda havo harorati +30 daraja issiqqa yetishi prognoz qilinmoqda.

10-aprelda vodiy viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Kelayotgan 10 kunlikda havo haroratini keskin pasaytiruvchi havo to‘lqinlarining respublikaga kirib kelish xavfi mavjud emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring