Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda xodimni pensiya yoshiga to‘lgani uchun ishdan bo‘shatish taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda xodimni pensiya yoshiga to‘lgani uchun ishdan bo‘shatish taqiqlanishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish tartibini taqiqlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga (N.B.Xusanov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni taqiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring