Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashning innovatsion modelini joriy etish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etiladi

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashning innovatsion modelini joriy etish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etiladi

Hukumat qarori (355-son, 25.04.2019-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, Milliy palata respublika sog‘liqni saqlanishini boshqarishga innovatsion modellar joriy etilishi uchun mas’ul bo‘lgan respublika tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini birlashtiruvchi davlat tashkiloti hisoblanadi.

Milliy palata zamonaviy klinik qo‘llanmalar va bayonnomalar, tashxis qo‘yish va davolash sifat standartlari, shuningdek, moddiy-texnik jihozlash standartlarini ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning o‘z vaqtida joriy etilishi ustidan monitoring olib boradi.

Nizom bilan Milliy palataning huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

Milliy palataga Hukumat tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.

Milliy palata huzurida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashning innovatsion modelini joriy etish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring