Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda saratonga olib keluvchi gel aniqlandi

O‘zbekistonda saratonga olib keluvchi gel aniqlandi

Foto: «Club Beauté Addict»

«O‘zstandart» agentligining davlat inspektorlari iste’mol bozoridagi xavfli mahsulotlarni aniqlashdi. Ularning aytishicha, Isroildan keltirilgan «Lift gel activateur» nomli yuzga mo‘ljallangan gel tarkibida saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi modda mavjud.

«Mahsulotda N-nitrozodietanolamin (NDELA) bo‘lib, u xavfli o‘simtalarning o‘sish ehtimolini yuzaga keltiruvchi kanserogen hisoblanadi», deyiladi agentlik xabarida.

O‘zbekistonlik mutaxassislar bu geldan foydalanish sog‘liqqa faqat zarar yetkazishini ta’kidlashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring