Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda razvedkaga oid ikkita yangi qonun loyihasi ishlanadi

O‘zbekistonda razvedkaga oid ikkita yangi qonun loyihasi ishlanadi

Foto: Mudofaa vazirligi

2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish vazifasi ham belgilangan.

Jumladan, 2020-yilning 1-iyuliga qadar «Kontrrazvedkaviy faoliyat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.

Qonun loyihasida:

  • kontrrazvedkaviy faoliyat sohasidagi asosiy tushunchalar, prinsiplar, vazifalar va huquqiy asoslarni belgilash;
  • kontrrazvedkaviy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar, ma’lumotlarni yig‘ish va ulardan foydalanish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

Shuningdek, 1 iyulga qadar «Tashqi razvedka to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish ham rejalashtirilmoqda.

Loyihada:

  • tashqi razvedka sohasidagi asosiy tushunchalar, prinsiplar, vazifalar va huquqiy asoslarni belgilash;
  • tashqi razvedkani tashkil etish bo‘yicha tadbirlar, ma’lumotlarni yig‘ish va ulardan foydalanish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring