Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda qachon ob-havo isishi mumkinligi aytildi

O‘zbekistonda qachon ob-havo isishi mumkinligi aytildi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya markazi dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Kecha O‘zbekiston hududiga sovuq kirib keldi. O‘zbekiston hududining kata qismida yomg‘ir yog‘di va yomg‘ir qorga aylandi. Sinoptiklar va’da qilganidek, sovuq uncha kuchli bo‘lmadi. O‘tgan kechasi havo harorati 4-7 daraja sovuqgacha, shimolda 10-12 daraja sovuqgacha, Ustyurtda 14-16 daraja sovuqgacha pasaydi.

Bugun ertalabga kelib, hududning katta qismida qor yog‘ishi to‘xtadi. Faqat respublikaning janubi-sharqiy hududlarida biroz qor yog‘ishi saqlanib turipti. Bugun kunduzi havo harorati 2 daraja sovuq-3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

O‘zbekistonning barcha hududlarida dam olish kunlari quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin.

Kechalari sovuq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechalari 2-7 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 2-5 daraja iliqgacha, janubda 7-9 daraja iliqgacha isiydi.

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring