O‘zbekistonda nikohdan o‘tishga internet orqali ariza topshirish mumkin bo‘ldi
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali nikohni qayd etishga ariza berish xizmati joriy etildi.
«Hozirgi kunda fuqarolar portaldagi shaxsiy kabinetlari orqali onlayn tarzda nikohga kirish haqidagi ariza bilan FHDYo bo‘limiga murojaat etishlari mumkin», deyiladi DXAning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Nikohlanuvchi shaxslar o‘zlarining elektron raqamli imzosi bilan yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali nikohni qayd etishga arizalarni beradi. FHDYo bo‘limi mas’ul xodimi «FHDYo yagona elektron axboroti» tizimi orqali arizasini qabul qiladi va nikohlanuvchilarga elektron shaklda tibbiy ko‘rikka yo‘llanma va nikohni qayd etish muddati haqida ma’lumot yuboradi.
Shundan so‘ng, nikohni qayd etish kuni FHDYo bo‘limiga o‘zlarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat — pasporti bilan borib nikoh FHDYo bo‘limi tomonidan qayd etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter