O‘zbekistonda ob-havo keskin pasayib, qor yog‘ishi kutiladi

12-dekabr avvaliga, shimol, 13-14 dekabr respublikaning boshqa hududlarida yaxshigina yog‘ingarchilik(asosan, qor)lar kutiladi.
Tog‘larda qor bo‘ronlar va ko‘p miqdorda qor yog‘ishi mumkin.
Bu haqda UzbMeteo kanali xabar bermoqda.
12-13 dekabr kunlari katta masshtabli nam havo oqimlari, respublika hududlariga bemalol kirib kelishi uchun vaziyat yuzaga kelgan. Oqimlar g‘arb va shimoli-g‘arbdan kirib kelayotgani bois, sovuq va nam havo oqimidir. 13-14 dekabr kunlari respublika aholisining katta qismi qish manzarasiga guvoh bo‘lishi mumkin. 14 dekabrdan sovuq antitsiklon ta’siri hududlarda seziladi. Shimol hududlarda havo harorati minimumi kechalari -15 daraja sovuqgacha pasayadi.
Yaqin kunlarda Rossiyaning shimoli, shimoli-g‘arbi va shimoli-sharqida arktik sovuq havo oqimlari rivojlanishi prognozi berilmoqda. O‘zbekistonda bu dekabr oyi ikkinchi o‘n kunligi ikkinchi pentada(15-20 dekabr)sida ham respublikada biroz past harorat kuzatilishiga olib kelishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter