O‘zbekistonda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan 200 nafardan ortiq rahbar javobgarlikka tortildi
Bugun, 14-dekabr kuni Toshkentda «Mehnat sohasining kelajagi: xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi arafasida munosib mehnat bilan bandlikni ta’minlanish tashabbuslari» mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) bosh direktori Gay Rayder O‘zbekistonga birinchi marotaba tashrif buyurdi.
Xalqaro konferensiyaga turli mamlakatlardan hukumat delegatsiyalari va xalqaro tashkilotlarning mehnat bo‘yicha ekspertlari tashrif buyurdilar.
Tashkilot bosh direktori Gay Rayder boshchiligidagi XMT delegatsiyasi tarkibida XMTning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi direktori Heynz Koller, XMTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha idorasi direktori Olga Kulayeva, XMTning Mehnat bandlik masalalari bo‘yicha byurosi bosh mutahassisi Mixail Pushkin yurtimizga kelishdi.
Shuningdek, Afg‘oniston, Qirg‘iziston mehnat vazirlari, shuningdek, Ozarbayjon mehnat vazirining o‘rinbosari, Qozog‘iston vitse-vaziri, Tojikiston Respublikasi Mehnat, migratsiya va bandlik vazirligining Migratsiya xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Rossiya Federatsiyasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining o‘rinbosari konferensiyada ishtirok etishmoqda.
2013-yildan boshlab Xalqaro Mehnat Tashkiloti paxta terimi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan izlanishlar olib bormoqda. 21-noyabrda e’lon qilingan monitoringning dastlabki natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, paxta mavsumida 2018-yilda terimchilarning 93 foizi ushbu jarayonda ixtiyoriy ravishda ishtirok etgan va O‘zbekiston hukumati mansabdor shaxslarning paxta terimiga majburlashlari uchun jazoni kuchaytirgan. Tadqiqot davomida ma’lumotlarni to‘plashning sifatli va miqdoriy usullaridan foydalanilgan, sohalarda va fokus-guruhlar doirasida 11 mingdan ortiq intervyu, chuqur intervyu va telefon orqali so‘rovlar o‘tkazilgan. Xususan, sentyabr-noyabr oylarida paxta yig‘im-terimchilarining 3000 nafari so‘roqqa tutilgan.
Monitoring ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda talabalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining paxta terimiga jalb etilmaganligi qayd etildi.
Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, Xalqaro mehnat tashkiloti tashkil etilganining 100 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan konferensiyani O‘zbekistonda ham o‘tkazilishi xalqaro hamjamiyat O‘zbekistonning mehnat munosabatlari sohasida erishgan taraqqiyotini e’tirof etgan va qadrlaganini ko‘rsatadi.
XMT bosh direktori Gay Rayderning mamlakatimizga tashrifi faqat paxta terimida bolalar va majburiy mehnatni bartaraf etish tufayli ro‘y berdi.
Davlat mehnat inspeksiyasining 200 nafar inspektori fuqarolarning majburiy mehnat to‘g‘risidagi murojaatlariga doimo ahamiyatli bo‘lib, javob berishgan. 2018-yil sentyabrdan noyabrgacha Vazirlikning ishonch telefoni va Telegram kanali 2254 ta qo‘ng‘iroqni qabul qilingan. 284 holat bo‘yicha majburiy paxta terimi tasdiqlandi. Bundan tashqari, joriy yilda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari ixtiyoriy paxta terimi qoidalarining buzilishiga qarshi ilk bor huquq himoyachilari bilan hamkorlik qilishdi. Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, 200 nafardan ortiq rahbar ma’muriy javobgarlikka tortildi, lavozimi pasaytirildi va ishdan bo‘shatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter