Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda klinikalar emas, shifokorlarni litsenziyalash tizimiga o‘tiladi

O‘zbekistonda klinikalar emas, shifokorlarni litsenziyalash tizimiga o‘tiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi. Davlat rahbari tadbir davomida so‘zlagan nutqida klinikalarni litsenziyalash tizimidan shifokorlarni litsenziyalashga o‘tish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

«Ilg‘or xorijiy tajriba asosida, klinikalarni emas, shifokorlarni litsenziyalash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishimiz kerak. Bu tizim yo‘lga qo‘yilsa, tibbiyot xodimlarini malaka oshirishga majburiy yuborish talab etilmaydi. Balki, ular o‘z ustida doimiy ishlab, tajribasini oshirishdan o‘zlari bevosita manfaatdor bo‘ladi.

Umuman, sohadagi islohotlarni rejali va izchil davom ettirish maqsadida, Jahon banki ekspertlari bilan birga, 1 oktyabrga qadar 7 ta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga olgan, Sog‘liqni saqlash strategiyasi ishlab chiqiladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring