Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ilk innovatsion estetik markaz ochildi

O‘zbekistonda ilk innovatsion estetik markaz ochildi

Foto: «Tadbirkor ayol» assotsiatsiyasi

«Tadbirkor ayol» O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Malayziya Respublikasi ishbilarmon doiralari bilan hamkorlikda mamlakatimiz ayollari uchun «MONARCH» brendi ostida mamlakatimizdagi ilk innovatsion estetik markazni ochdi. 7 noyabr kuni «Flamingo» majmuasi binosida Markazning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Markaz ayollarga go‘zal va sarvqomat bo‘lish, yosharish imkoniyatini berib, ko‘rsatiladigan xizmat turlari eng zamonaviy innovatsion dastgohlarda amalga oshiriladi. Toshkent shahri va qator viloyatlarda estetik markaz xizmatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazildi.

Taqdimot marosimini assotsiatsiya raisi Gulnora Mahmudova ochib, Markaz maqsad va vazifalari, tadbirkor ayollarimiz doimo go‘zal va maftunkor, yosh bo‘lib yurishlari uchun assotsiatsiya tomonidan bundanda yirik loyihalar rejalashtirilayotgani haqida so‘z yuritdi.

Ma’lum qilinishicha, 2017 yilda O‘zbekiston ishbilarmon ayollarining Malayziyaga qilgan safarlari davomida ushbu mamlakat ishbilarmon doiralari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar doirasida qo‘shma korxona tashkil etish haqida kelishuv bitimi imzolangan.

Marosimda so‘zga chiqqan  malayziyalik hamkor Eddi Go keyingi davrda O‘zbekistonda investitsion muhit kundan-kun yaxshilanib borayotganligi bois  O‘zbekistonda biznes yuritish istagi tug‘ilgani, o‘zaro ishonchli muloqotlar orqali hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etilgani, kelajakda respublikaning barcha hududlarida shunday zamonaviy markazlar ochib, yangi ish o‘rinlari yaratish reja qilinganini ta’kidladi. Taqdimot marosimida innovatsion estetik Markaz xizmat va dastgohlari haqida ma’lumot berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring