Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda OVIR bekor bo‘ladi, ikki turdagi pasport va ID-karta joriy qilinadi

O‘zbekistonda OVIR bekor bo‘ladi, ikki turdagi pasport va ID-karta joriy qilinadi

Foto: «Xabar.uz»

Normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Unda mamlakatimizda uchta hujjatni: mamlakat ichidagi biometrik pasport, chetga chiqish uchun biometrik pasport va ID-kartani joriy qilish taklif etilmoqda.

Qayd etish lozimki, qaror loyihasida 2019-yilning 1-yanvaridan xorijga chiqish uchun ruxsatnomani (stiker) rasmiylashtirish bekor qilinishi ko‘zda tutilgan. Uning o‘rnini xorijga chiqish uchun alohida biometrik pasport egallaydi.

Hujjatga ko‘ra:

  • O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti — O‘zbekiston hududida shaxsni tasdiqlovchi hujjat. Shuningdek, u elektron axborot tashuvchi (chip)ga ega bo‘lib, O‘zbekiston fuqaroligini ham tasdiqlaydi;
  • chet elga chiqish uchun biometrik pasport — O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini va uning egasi shaxsini xorijga chiqish va mamlakat hududiga kirish chog‘ida tasdiqlovchi hujjat;
  • identifikatsion elektron karta (ID-karta) — o‘z egasining shaxsini mamlakat hududida tasdiqlovchi hujjat. U fuqaroning yagona identifikatsiya raqamini, uning shaxsiy ma’lumotlarini o‘z ichiga olib, davlat xizmatlaridan foydalanishda shaxsni aniqlash uchun qo‘llaniladi.

Chet elga chiqish uchun biometrik pasport fuqarolarga quyidagi amal qilish muddati bilan beriladi:

  • Tug‘ilgan kunidan bir yilgacha — ikki yil muddatga;
  • Bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yillik muddatga;
  • 16 yoshdan kattalarga — 10 yil muddatga.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring