Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda havoning keskin isishi kutilmoqda

O‘zbekistonda havoning keskin isishi kutilmoqda

Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, 24-26-iyulda O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga, issiq ko‘tarilishi kutilmoqda.

Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 4-6 darajaga yuqori bo‘ladi.

Kunduz kunlari havo 40-43° gacha, janubda va cho‘l hududlarda 45-46° gacha isiydi.

25-27 iyulda respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring