O‘zbekistonda havo harorati keskin o‘zgarishi prognoz qilindi

16-aprel kuni shimolda havo harorati sezilarli darajada pastlashi kutilmoqda.
«O‘zgidromet» prognoziga ko‘ra, 16-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlarida tunlari havo harorati +5 darajagacha pasayadi.
Kunduz kuni esa +13 +18 darajagacha salqin harorat kutiladi.
Respublikaning markaziy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 14-15-aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. 16-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda yesadi, 14-aprelda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 15-aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 20-25°, 16-aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Janubiy hududlarda 16-aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter