O‘zbekistonda havo -10 darajagacha sovib ketadi

4-5-noyabrda O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston orqali Ural hududlari ustida shakllangan sovuq havo massalari kirib keladi. Shu kunlari respublika bo‘yicha harorat 10-13° ga pasayadi.
Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi.
Kunduz kuni 4-5 noyabrda havo harorati 3-8° iliqni tashkil etadi. 5-noyabrda harorat kechasi 2-7° sovuqqacha, shimolda 5-10° sovuqqacha pasayadi.
4-noyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter