O‘zbekistonda eng arzon guruch «Farhod» bozorida sotilmoqda
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettirdi.
Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 16-iyun holatidagi narxlari
Mol go‘shti
28 000 so‘mdan– 42 000 so‘mgacha
Eng arzonnarx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan – 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Samarqand shahri «Siyob» bozorida qayd etilgan – 41 000 – 42 000 so‘m.
Qo‘y go‘shti
32 000 so‘mdan – 43 000 so‘mgacha
Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun poytaxtimizning «Mirobod», «Farhod», «Chorsu» hamda «Qo‘yliq» bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 32 000 dan 42 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx bu haftada ham Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti – 40 000 dan 43 000 so‘mgacha.
Tovuq go‘shti
11 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 11 000 so‘mdan – 14 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozori va Toshkentdagi «Mirobod» dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 20 000 so‘m.
Guruch
3 500 so‘mdan – 14 000 so‘mgacha
Eng arzon narx poytaxtimizning «Farhod» dehqon bozorida qayd etilgan – 3 500 – 12 000 so‘m.
Eng qimmat narx esa Jizzax shaxri Markaziy dehqon bozori, Namanganning «Sardoba» dehqon bozori, Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozori hamda Toshkentning «Chorsu» dehqon bozorida kuzatilgan – 4 000 – 14 000 so‘m.
O‘simlik yog‘i
7200 so‘mdan – 14000 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 8 500 so‘mdan – 12 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Namangan shahri "Sardoba» dehqon bozoridaqayd etilgan – 9 000 dan 13 500 so‘mgacha.
Un
1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha
Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi «Farhod» bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm oliy navli un uchun 2 200 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi.
1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx poytaxtimizdagi «Mirobod», «Farhod», «Chorsu» va «Qo‘yliq» dehqon bozorlarida qayd etildi — bu summa 1 750 so‘mni tashkil qilmoqda.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 so‘m.
1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 so‘mgacha.
Shakar
4 500 so‘mdan – 6000 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkent shahridagi «Mirobod» va «Yunusobod» dehqon bozorlarida kuzatildi – 4 500 – 5 200so‘m.
1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 6 000so‘m.
Tuxum
350 so‘mdan – 700 so‘mgacha
Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 350 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.
Kartoshka
1 000 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha
Eng arzon narx poytaxtdagi «Chorsu», «Farhod», Farg‘ona Markaziy dehqon bozori, Andijondagi Yangi shahar bozori va Nukus shahar Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 000 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi «Chorsu», Guliston shahar Markaziy dehqon bozori, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori, hamda Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 – 3 000 so‘mgacha.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter