Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda bir kunlik yollanib ishlovchilar uchun mobil ilova yaratildi

O‘zbekistonda bir kunlik yollanib ishlovchilar uchun mobil ilova yaratildi

Foto: Yoshlar media markazi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda bir qator tashkilotlar ishtirokida tashkil etilgan yig‘ilishda yollanib ishlayotganlar faoliyatini tartibga solish masalalari muhokama etildi.

Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va qator tashkilotlar ishtirok etdi.

Tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazi yetakchi mutaxassisi Rustam Ibragimovning bir martalik mehnat bozorlarini tartibga solish borasida ishlab chiqqan «Job cafe» mobil ilovasi loyihasi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

Rustam Ibragimovning aytishicha, «Job cafe» mobil ilovasida bir kunlik ishga chiquvchilarning elektron bazasi yaratiladi. Ilovani mobil telefoniga yuklab olgan ish beruvchi ish joyidan turib ishchini topib, telefon orqali bog‘lanadi. Bu ham vaqtni tejab ovoragarchiliklarning oldini oladi.

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-yanvardagi  yig‘ilishida Toshkent shahrining 3 ta tumanida yollanma ishchilar faoliyatini tartibga solish maqsadida tajriba-sinov tarzida zamonaviy tipdagi vaqtinchalik ish bilan ta’minlash byurolarini tashkil etish belgilangan.

Yig‘ilishda Markaziy Kengashning Bandlikka ko‘maklashish va ijtimoiy himoya bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan yollanma ishchilar uchun tajriba-sinov tarzida zamonaviy tipdagi vaqtinchalik ish bilan ta’minlash byurolarini tashkil etish konsepsiyasi taqdimoti o‘tkazildi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring