O‘zbekistonda benzin narxi taxminan qanchaga oshishi ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yoqilg‘i-energetika resurslariga narxlar va tariflarning o‘zgarishi to‘g‘risida»gi qarori loyihasi tarqaldi.
Unda benzin narxlari 10-15 foizgacha oshishi belgilangan. Shunga ko‘ra, narxlardagi o‘zgarishlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- Ai-80 — bir litr uchun 4000 so‘m (hozirda 3800 so‘m);
- Ai-91 — bir litr uchun 4500 so‘m (hozirda 4300 so‘m);
- Dizel yoqilg‘isi — bir litr uchun 4800 so‘m (hozirda 4100 so‘m);
- EKO dizel yoqilg‘isi — bir litr uchun 4900 so‘m.
Shuningdek, aholining alohida qatlamlari uchun avtobenzin xarid qilishga har oyda 66 ming 700 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanishi ko‘zda tutilgan.
Benzin narxi O‘zbekistonda so‘nggi bor 2017-yil 15-noyabr kuni 35 foizgacha oshgandi.
Qayd etish kerakki, yuqorida keltirilgan qaror loyihasi bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi ham mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter