Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda alimentni ixtiyoriy to‘lovchilar soni ko‘paymoqda

O‘zbekistonda alimentni ixtiyoriy to‘lovchilar soni ko‘paymoqda

Foto: Xabar.uz

Alimentni ixtiyoriy to‘lovchi fuqarolar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga oshdi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov ma’lum qildi.

Qarzdorlikni to‘lash istagi bo‘la turib, biroq ish o‘rniga ega bo‘lmagan 19 mingdan ortiq (shundan 2,7 mingtasi iyul oyida) aliment to‘lovchining ish bandligi masalasi hal etildi.

Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 1,2 trln. so‘mlik aliment pullari undirildi.

Shu bilan birga, 3,7 mlrd. so‘mlik (25 ta) uy-joy va 255 mln. so‘mlik (2 ta) transport vositasi aliment uchun oldindan to‘lov sifatida berilishi ta’minlandi.

«Aliment to‘lovlari» jamg‘armasi hisobidan 10,9 mlrd. so‘m pul mablag‘lari 781 nafar undiruvchilar hisobiga o‘tkazib berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring