O‘zbekistonda 18-40 yoshlilar ko‘rikdan o‘tkaziladi
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 13-maqsadi — Aholining o‘rtacha umr davomiyligini oshirish doirasida:
- Aholi o‘rtasida surunkali kasalliklarni barvaqt aniqlash va ular bilan kasallanish holatlarini keskin kamaytirish rejalashtirilmoqda.
Shu maqsadda:
- 18-40 yoshli 12,6 mln nafar aholi profilaktik ko‘rikdan o‘tkaziladi va natijalariga ko‘ra fuqarolar sog‘lomlashtiriladi;
- xavf guruhiga mansub aholi reja asosida flyuorografiya tekshiruvlaridan o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter