O‘zbekistonda 15 yildan beri doimiy yashab kelayotganlarga fuqarolik beriladi
Prezident Oliy Majlisga murojaatnomasida kelasi yili mamlakatda 2005 yildan beri doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligi berilishini e’lon qildi.
«O‘tgan yili 1995 yilgacha yurtimizga ko‘chib kelganlarga O‘zbekiston fuqaroligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish tartibi belgilandi. Bu bilan 50 ming nafardan ortiq shaxslarga fuqarolik olish imkoniyati yaratildi.
Kelgusi yilda bu ishlarni davom ettirib, 2005 yilgacha mamlakatimizga kelib, doimiy yashayotgan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligini bersak, nima deysizlar?
Bu o‘zgarish bilan yurtimizda yashab kelayotgan yana 20 ming kishi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bundan buyon, yurtimizda 15 yil davomida muqim yashagan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligini berishning doimiy tartibi joriy qilinadi», dedi prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter