O‘zbekiston xalq shoiri To‘lan Nizom vafot etdi

Bugun, 10-dekabr kuni O‘zbekiston xalq shoiri To‘lan Nizom 81 yoshida vafot etdi.
To‘lan Nizom 1939-yilda Andijon viloyati, Bo‘z (Bo‘ston) tumanining Beshgul qishlog‘ida tug‘ilgan. 1965-yilda Andijon pedagogika institutini tamomlagan.
1970-yilda shoirning «Sening ertaklaring» nomli ilk she’riy to‘plami nashrdan chiqarilgan.
To‘lan Nizom 1998-yilda O‘zbekiston xalq shoiri unvoni, 2003-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.
Xabar.uz jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter