O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar kengaymoqda
O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyatlarining joriy yil may oyidagi kelishuviga muvofiq ikki davlat o‘rtasida yangi muntazam aviaqatnovlar tashkil etildi.
Jumladan, Samarqand – Olmaota va Turkiston – Toshkent muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi.
Samarqand – Olmaota – Samarqand yo‘nalishida «Uzbekistan Airways» va «Air Astana» aviakompaniyalarining har biri tomonidan haftasiga 2 marotabadan qatnov amalga oshiriladi.
Turkiston – Toshkent – Turkiston yo‘nalishida «Air Astana» aviakompaniyasi tarkibiga kiruvchi «Fly Arystan» aviakompaniyasi tomonidan haftasiga 2 marotaba qatnov bajariladi.
Ikki davlat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar tiklangandan buyon sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya qilgan holda «Uzbekistan Airways» va «Air Astana» aviakompaniyalarining har biri tomonidan Toshkent – Olmaota yo‘nalishida haftasiga 7 marotabadan, Toshkent – Nur-Sulton yo‘nalishida esa haftasiga 3 marotabadan muntazam yo‘lovchi qatnovlari bajarilmoqda.
Shuningdek, «Uzbekistan Airways» va «SCAT Airlines» aviakompaniyalarining har biri tomonidan «Urganch – Aqtau – Urganch» (haftasiga 2 marta) yo‘nalishida hamda «SCAT Airlines» aviakompaniyasi tomonidan «Aqtau – Nukus – Aqtau» (haftasiga 1 marta) yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter