Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston – Turkiya: ekstraditsiya bitimi kuchga kirdi

O‘zbekiston – Turkiya: ekstraditsiya bitimi kuchga kirdi

Bugun, 20-avgustdan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi bitim kuchga kirgan. Ushbu hujjat 2018-yil 30-aprelda imzolangandi.

Bitim jinoiy-huquqiy sohada hamkorlikni kengaytirishga hamda ikki mamlakatning jinoyatchilikka qarshi kurashda yanada samarali hamkorligini ta’minlashga qaratilgan.

Hujjatda shaxslarni ushlab berish shartlari, ushlab berishni rad kilish uchun asoslar, so‘rovning shakli va mazmuni, shuningdek, so‘ralayotgan tomonga beriladigan zaruriy tasdiqlovchi hujjatlar nazarda tutilgan.

Bitimga muvofiq har bir tomon so‘rayotgan tomonga jinoiy javobgarlikka tortish uchun yoki ushlab berishga olib keladigan huquqbuzarlik uchun hukmni bajarish maqsadida qidirilayotgan shaxslarni ushlab berish majburiyatini oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring