O‘zbekistonning turistik salohiyati Polshada targ‘ib etilmoqda (foto)

Joriy yilning 15-aprel kuni Polshaning Varshava shahrida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi hamkorligida Polshadagi vatandoshlarimiz hamda xorijlik mezbonlar ishtirokida O‘zbekistonning turistik salohiyatini namoyish etishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xodimi Sherzod Sultanov, O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi diplomatik vakolatxonasi rahbari Baxrom Babayev, shuningdek, Butun Polsha Respublikasi Turizm palatasi rahbari o‘rinbosari Andjey Shimanskiy, Varshava turizm palatasi rahbari o‘rinbosari Andjey Jukovskiy, hamda mamlakatning bir qator eng yirik turistik firmalari vakillari tashrif buyurishdi.
Bundan tashqari, taqdimotda Polshaning eng mashxur jurnallaridan biri «Polish Market» jurnali redaktori Andjey Kazemerskiy hamda bir qator OAV xodimlari ham ishtirok etishdi.

Tadbirda Qo‘mita xodimi Sherzod Sultanov, yurtimizning eng o‘ziga tortadigan tomonlari, olis tarixi va bir-biridan qadimiy shaharlari, xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Farg‘ona vodiysi kabi sayyohlik markazlari haqida taqdimot o‘tkazdi.
O‘zbekitonning turistik salohiyatiga bag‘ishlangan video taqdimot esa mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otib, Polshalik mezbonlarni yurtimizga sayohat qilishga chorladi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter