O‘zbekiston Singapurning korrupsiyaga qarshi kurash tajribasiga qiziqmoqda
24 aprel kuni O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Singapur adliya va sog‘liqni saqlash vazirliklari katta davlat vaziri Edvin Tong bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv «Toshkent huquq bahori» («Tashkent Law Spring») Xalqaro yuridik forumi doirasida amalga oshirilib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab olishdan iborat bo‘ldi.
Edvin Tong samimiy va iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston bilan hamkorlik Singapur uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini, hamda ular barcha sohalarda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini bildirdi.
R.Davletov, hozirda O‘zbekistonda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi, bu esa islohotlar bahori davri bo‘lganligi uchun Xalqaro yuridik forumini ham «Toshkent huquq bahori» deb nomlanishiga sabab bo‘lganligini aytdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston delegatsiyasining 2018 yilda Singapur davlatiga amalga oshirgan ishchi tashrifi natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar, muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganligi aytib o‘tildi.
Xususan O‘zbekiston uchun Singapurning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi tajribasi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha organlarning ish uslubini o‘rganish katta qiziqish uyg‘otishi bildirib o‘tildi.
R.Davletov, XXI asrda muyyan sohalarda yangilik ixtiro qilish shart emasligini, chunki ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish, tajriba almashish orqali tegishli sohalar faoliyatni takomillashtirish muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek taraflar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha, davlat boshqaruvi va davlat xizmati sohasini isloh qilish bo‘yicha horijiy tajribani o‘rganish, normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi, davlat organlari faoliyati samarasi tahlili masalalarida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib oldilar.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter