O‘zbekiston Rossiyadan «Tayfun» zirhli mashinalarining katta partiyasini sotib oldi
O‘zbekiston Rossiyaning «Tayfun» (K53949) nomli zirhlangan avtotransportlari partiyasini sotib oldi, yetkazib berish ishlari esa shu yilga rejalashtirilgan. Bu haqda RIA «Novosti» agentligi xabar berdi.
«Tayfun» yuqori darajadagi zirhlangan avtomashinalar toifasiga kirib, 120 dan ortiq korxonalar hamkorligida ishlab chiqarilgan. Bular orasida Ural avtomobil zavodi, Kamaz, Yaroslavl motor zavodi va boshqa qator nomdor korxonalar bor.
«Tayfun»ning ommaga ilk namoyish etilishi 2011 va 2014-yillarda bo‘lib o‘tgan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston joriy yilning o‘zida «BTR-82A » zirhli transportlari va shu turdagi «Tigr» nomli avtomashinalarni sotib olgan. Bundan tashqari, xozirgi vaqtda O‘zbekistonga Mi-35M rusumli 12 ta jangovar vertolyot yetkazish bo‘yicha shartnoma mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter