O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Dima Qayumning uyiga bordi
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Rishtondagi xalq kutubxonasi asoschisi, ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan Dima Qayumning uyiga tashrif buyurdi. Shu kunlarda tadbirkorning onasi og‘ir xastalik bilan kurashmoqda. Sog‘liqni saqlash vaziri mazkur vaziyatda qo‘lidan kelgan barcha yordamni berishini aytgan.
«Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Qayumovich Shodmonov uyimiz shaxsan o‘zlari tashrif buyurishib Onam uchun qo‘llarida kelgan barcha yordam ayamasliklari aytib, otam haqqilariga duo qilib, onamni duolarini olib ketishdi»,—deb yozdi Dima Qayum «Facebook»dagi sahifasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter